Kafedrada ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi 2012yil avgust oyida tuzildi va tasdiqlandi, tizimli olib borilmoqda. “Ma’naviyat-marifat” ishlari bo’yicha yig’ilishlar xar oyda o’tkazilib, bayonnomalar yozib borilmoqda. Kafedradagi “Ma’naviyat-marifat” burchagi Prezidentimiz I.A.Karimovning yangi asarlari bilan to’ldirildi va “Manaviyat va ma`rifat”, “Sog’lom turmush tarzi” stendlari yangilanadi. ”2012 yil mustaxkam oila yili”, “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”, SPIDga qarshi kurashish, “Sog’lom turmush tarzi” banner stendlari yaratildi. Muntazam "Axborot soatlari" da kafedra xodimlari, talabalar Prezidentimiz I.A.Karimovning yangi asarlari, Oliy Majlis sessiyalari meteriallari, Vazirlar Maҳkamasi qarorlarining mazmun va moҳiyati, ulardan kelib chiqadigan vazifalar bilan tanishtirib borildi. Dunyodagi yangiliklar, tibbiyot soxasidagi yutuqlar yetkazib turildi, talabalarning zamon bilan ҳamnafas bo’lishi ta’minlandi. Talabalarning yuksak ma’naviy fazilatlarni egallashi va ma’naviyatli, odobli va madaniyatli bo’lishiga erishishlari, axloqiy dunyoqarashlari, umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik xissini shakllantirish maqsadida "Yuksak manaviyat – yengilmas kuch", “Talabaning ma’naviy qiyofasi", "Inson odobi bilan go’zal", “Yurtimiz kelajagi yoshlar qo’lida”, “Shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash muammolari” mavzularida suxbatlar muntazam olib borilmoqda. Talabalarda islom dinining moҳiyati ezgulik ekani, iymon Vatan tushunchasi bilan bog’liqligi, islom dinida azaldan inson ҳuquqlariga va ayollarga ҳurmat-e’tibor qaratilgani ҳaqida tasavvur shakllantirish maqsadida, islom bilan bir qatorda boshqa dinlarni ҳam ҳurmat qilish tuyg’usi paydo qilish, iymon, ҳaqiqiy musulmonchilik, islom dini va ҳozirgi yoshlar, komil inson tarbiyasi, talabalarda mustaqil fikrlash, o’z xulosalarini argumentlash malakasini paydo qilish maqsadida “Din va jamiyat”, “Diniy oqimlar va sektalarning maqsad-muddaolari”, “Islom dini bag’rikeng dindir”, “Yurtimiz kelajagi yoshlar qo’lida” mavzularida suxbatlar o’tkazib turiladi. Talabalarda goyaviy kurashchanlik va mafkuraviy immunitet shakllantirib, ular o’z fikrlarini erkin bayon etish qobiliyatiga ega bo’lishlari, talaba-yoshlar terrorizm va terrorchilik xatti- ҳarakatlarining g’arazli maqsadlari to’g’risida ma’lumotlar olishlari va ularga nisbatan nafrat tuyg’usi shakllantirish, mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlik shakllantirish maksadida "Mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlik jamiyatimiz barqaror taraqqiyoti garovidir","Ҳiz-but taҳrir", "Vaҳҳobiylik", "Dinimiz dushmanlari", "Ogoҳ bulaylik", "Agar ogoxsan, sen..." mavzularida suxbatlar o’tkazilib, videotasmalar kursatilib, ularga nisbatan nafrat tuyg’usi shakllantiriladi. Mamlakatimizda milliy bayramlar, tarixiy sanalar O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaқilligining 21 yilligi kuniga, Ustoz va murabbiylar kuniga, O’zbek tili kuniga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Vatan ҳimoyachilari kuniga bag’ishlab “Mustaqillik darsi”, "Ustozlarni qadrlaymiz", "Tilga e’tibor -elga e’tibor" , O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi kuniga, “14 yanvar-Vatan ҳimoyachilari kuni” ga bag’ishlab davra suxbatlari, bayram-tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Videofilmlar kursatilmoqda Kafedra xodimlari murabbiylik guruxlaridagi talabalar bilan muntazam uchrashib, ularning davomati, o’zlashtirishlari xaqida ma’lumot yig’adilar. Talabalarning yashash sharoiti, oila a’zolari, ijaraga turgan talabalar uy egalari bilan tanishib, doim mulokotda bo’lib turibdilar.